Lukashenko 31 ukrainlikni ozod qildi

Lukashenko 31 ukrainlikni ozod qildi

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko 31 nafar ukrain fuqarosini ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslar hozirda Ukraina tomoniga topshirilayotgani xabar qilindi. Bu haqda Lukashenko matbuot kotibi Natalya Eysmont ma’lumot berdi.

Eysmontning aytishicha, pomillash qarori Ukraina tomonining iltimosi asosida qabul qilingan. Uning ta’kidlashicha, bu qadam Kiyevdagi qurolli mojaroni barqaror hal etishga yordam beradigan shart-sharoit yaratish maqsadini ko‘zlaydi.

«Prezident doimiy ravishda muammolarni faqat tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori», — deyiladi Eysmont bildiruvida.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.