Efiopiyada ming yillik faol bo‘lmagan vulqon to‘satdan otildi

Efiopiyada ming yillik faol bo‘lmagan vulqon  to‘satdan otildi

Efiopiyada ming yillar davomida faol bo‘lmagan vulqon to‘satdan otilgan, deb Volcano Discovery xabar berdi. Xayli-Gubbi vulqoni otilgach, kul ustuni 13,7 kilometr balandlikka ko‘tarilgan.

Sun’iy yo‘ldoshlar atmosferaga oltingugurt dioksidi chiqishini aniqlagan. Bu holat mintaqa ekologiyasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

Olimlar bu vulqon ming yillardan buyon uxlab yotganini ta’kidlamoqda. Hozirda otilish oqibatlari va uning iqlimga ta’siri chuqur o‘rganilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.