Davlat xizmatchilari maoshi bo‘yicha yangi shaffof tartib

Davlat xizmatchilari maoshi bo‘yicha yangi shaffof tartib

2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilariga ish haqqi hisoblash tizimi tubdan yangilab, yagona va aniq qoidalar asosida amalga oshiriladi.

Yangi mexanizmga ko‘ra, xodimning lavozim maoshi bir qator mezonlar orqali belgilanadi. Jumladan, uning ish davomida to‘plagan tajribasi, kasbiy malakasi va ilmiy darajasi inobatga olinadi. Shuningdek, qilayotgan faoliyati samaradorligi, professional ko‘nikmalari va boshqa muhim ko‘rsatkichlar ham baholanadi.

Mazkur o‘zgarishlar davlat xizmatini yanada ochiq, raqobatbardosh va samarali tizimga aylantirishni maqsad qiladi. Bu esa xodimlarning mehnati adolatli va shaffof baholanishiga zamin yaratadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.