Fransiya yoshlarining ruhiy salomatligi uchun telefon taqiqi kengaytirilmoqda

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda o‘rta maktablarda amalda bo‘lgan telefon taqiqlari kelgusi o‘quv yilidan yuqori sinflarga ham tatbiq etilishini ma’lum qildi.
2025-yildan boshlab “raqamli tanaffus” qoidasi bosqichma-bosqich joriy etila boshlanadi. Hozirga qadar yuzga yaqin maktabda bu yangi siyosat muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, bu chora yoshlar o‘rtasidagi yolg‘izlik va ruhiy salomatlik muammolarini kamaytirishga qaratilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ortiqcha vaqt o‘tkazish, ayniqsa, o‘quvchilarda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













