Putin yangi yil oldi 3 nafar bolaning orzusini amalga oshirishga va’da berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi yil oldidan o‘tkaziladigan an’anaviy “Orzular archasi” xayriya tadbirida qatnashib, bir necha bolaning tilaklarini bajarishini ma’lum qildi.
Tadbir davomida u uchta otkritkada yozilgan orzularni ko‘rib chiqdi. Ulardan biri — 5 yoshli Timurning YPX inspektori sifatida o‘zini sinab ko‘rish istagi. 9 yoshli Varvara esa Roskosmosdagilardan bir kosmonavt bilan yuzma-yuz uchrashishni orzu qilgan. Yana bir bola — 5 yoshli Igor — Kaliningrad shahrida joylashgan “Jahon okeani” muzeyiga borishni xohlagani bilan o‘rtoqlashgan.
Prezident ushbu orzularni ro‘yobga chiqarish uchun albatta amaliy qadamlar qo‘yilishini ta’kidladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













