Tailandda alkogolga qo‘yilgan yarim asrlik taqiq bekor qilindi

Tailandda alkogolga qo‘yilgan yarim asrlik taqiq bekor qilindi

Tailandda 14:00 dan 17:00 gacha alkogol ichimliklarini sotishga qo‘yilgan 50 yillik taqiq bekor qilindi. Hukumat eski qonun normalarini yumshatib, restoranlarga alkogol sotishga ruxsat berdi. Bu o‘zgarishlar daromadni 20 foizga oshirishga yordam berishi mumkin.

Bir vaqtlar “Inqilobiy qo‘mita farmoni” bilan joriy etilgan cheklov davlat xizmatchilarining ish vaqtida alkogol ichishini taqiqlash maqsadida qabul qilingan edi. Lekin, Tailandning turizm sohasi jadal rivojlanishini nazarga olgan holda, bu cheklov ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga moslashtirildi. Oxirgi yillarda qat’iy cheklovlar sayyohlardan shikoyatlarga sabab bo‘lib, ba’zi sayyohlar boshqa mamlakatlarni tanlashga majbur bo‘lishgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.