Tramp: "Krishtianu Ronaldo menga qo‘ng‘iroq qildi"

Tramp: "Krishtianu Ronaldo menga qo‘ng‘iroq qildi"

AQSH prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarda muhim xabar qoldirdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, unga yaqinda Jahon chempionati – 2026 qur’a tashlash marosimida FIFA tomonidan tinchlik mukofoti topshirilganidan so‘ng, Krishtianu Ronaldu qo‘ng‘iroq qilgan.

Ma’lumki, yaqinda Tramp Ronalduni Oq uyda qabul qilgan edi. \"Krishtianu Ronaldu – buyuk futbolchi!

U menga qo‘ng‘iroq qilib, Oq uy va Oval kabinet bo‘ylab ekskursiya uchun minnatdorchilik bildirdi. Ajoyib inson – nafaqat sportchi sifatida, balki inson sifatida ham. Bunday odam bo‘lish qiyin!\" – deb yozdi Tramp.

Shuningdek, Ronalduning o‘zi ham avvalroq AQSH prezidentining turli hududlarda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlaridan hayratga tushganini bildirgan edi.

Krishtianu Ronaldu Pirs Morgan bilan suhbatda butun sayyorada odamlar tinchlikda yashashini orzu qilishini ta’kidlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.