Gruziyaga kirishda yangi talab

1 yanvardan boshlab Gruziyaga sayohat qilmoqchi bo‘lgan barcha fuqarolar uchun yangi tartib amalga kirdi. Mamlakat Milliy turizm boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, endilikda chegaradan o‘tish uchun tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lish shart qilib belgilandi.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, sug‘urtasiz kelgan sayyohlar mamlakatga kiritilmasligi yoki ularga qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin.
Yangi qoida turistlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek kutilmagan tibbiy xarajatlar bilan bog‘liq muammolarni kamaytirishga qaratilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













