Tramp: “Eron o‘t bilan o‘ynashmoqda”


AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan avvalgi davlat rahbari Barak Obama kabi “rahmdil” bo‘lmasligini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz sayti.
“Eron o‘t bilan o‘ynashmoqda. Ular prezident Obama o‘zlariga nisbatan naqadar “rahmdil” bo‘lganining qadriga etishmayapti. Biroq men bunday emasman!\" - deya yozgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq OAV AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritish niyatida ekanini xabar bergandi.
Vashington 1 fevral kuni Tehronga rasmiy ogohlantirish berdi. Bu holat mamlakat mudofaa vaziri Hussayn Dehqon Semnan shahri yaqinida ballistik raketa sinovi o‘tkazilganini tasdiqlaganidan so‘ng yuz berdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













