Hindistondagi 21 metrlik haykal: Messining samimiy minnatdorligi!

Hindistondagi 21 metrlik haykal: Messining samimiy minnatdorligi!

Argentina milliy terma jamoasi sardori va AQSHning \"Inter Mayami\" klubi hujumchisi Lionel Messi Hindistonning Kalkutga shahrida o‘ziga atab o‘rnatilgan ulkan haykalning ochilishiga munosabat bildirdi.

Kalkuttaning samimiy qo‘llab-quvvatlashi

Dunyo futboli yulduzi Messi Kalkutta aholisining bu e’tiboridan behad mamnun ekanini izhor qildi. Uning so‘zlarini Asian News International ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi keltirdi:

“Men uchun bu juda katta sharaf. Kalkutta aholisi tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlashdan juda xursandman. Ular meni va Argentina milliy jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ajoyib tuyg‘ular”, — dedi Leo Messi.

Hindistondagi 21 metrlik haykal: Messining samimiy minnatdorligi!

Qayd etilishicha, Messiga bag‘ishlab qad rostlagan ushbu muhtasham haykalning balandligi naqd 21 metrni tashkil etadi.

\"Inter Mayami\"dagi faoliyati

Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli mahoratli hujumchi 2023 yil yozidan buyon \"Inter Mayami\" klubi safida to‘p surib kelmoqda. Futbolchining AQSH jamoasi bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2028 yil dekabr oyining oxirigacha belgilangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.