Yiliga 230 ming AQSh dollari pul topadigan farrosh ham bor

Yiliga 230 ming AQSh dollari pul topadigan farrosh ham bor
Yiliga 230 ming AQSh dollari pul topadigan farrosh ham bor

San-Fransiskoda farrosh Lyan Chjao Chjan yiliga 230 ming dollardan ortiq daromad oladi.

Chjao Chjan kuniga 17 soatdan ishlaydi. Uning asosiy ish haqi yiliga 56 ming dollarni tashkil qiladi. Chjan ishlaydigan kompaniya unga mukofot sifatida yana 14 ming dollar qo‘shib beradi. Qolgan 162 ming dollarni esa u me’yordan ortiq, ya’ni qo‘shimcha ishlagani uchun oladi.

Chjao Chjan ishlaydigan kompaniya rahbariyati uni hech qachon ishdan qochmaydigan xodim sifatida hurmat qiladi.

Nashrda keltirilishicha, so‘nggi 3 yilda Lyan Chjao Chjan 680 ming dollardan ortiq daromad olgan. U 2015 yil davomida mutlaqo ta’tilsiz har kuni ishlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.