Turkiyadagi tungi klubda teraktni uyushtirgan asosiy tashkilotchi topildi

Turkiyadagi tungi klubda teraktni uyushtirgan asosiy tashkilotchi topildi
Turkiyadagi tungi klubda teraktni uyushtirgan asosiy tashkilotchi topildi

Joriy yilning 1 yanvar kuni kechasi Turkiyaning Istanbul shahri Reina tungi klubidagi portlashning tashkilotchisi qo‘lga olindi. Bugun, 14 fevral kuni polisiya xodimlari uni ijaraga olib, yashirinib yotgan maskanini topdi, deb xabar bermoqda “Qalampir” nashri.

Terakt harakatini amalga oshirgan Masharipovning rahnamosi, IShID guruhi a’zosi bo‘lib chiqdi. Polisiya bergan dastlabki ma’lumotlarda uning ismi oshkor etilmayapti. Bizga tashkilotchining turk millatiga mansub ekanligi hamda ismi-sharifining bosh harflari ma’lum, xolos. (A.S.) Turkiya polisiyasi qo‘lga olingan shaxsni 2009 yilda buyon Fransiyada yashaganini tasdiqlamoqda. Keyinroq batafsil ma’lumotlar berilishi aytilmoqda.
Turkiyadagi tungi klubda teraktni uyushtirgan asosiy tashkilotchi topildi

Eslatib o‘tamiz, yangi yil kechasi Abduqodir Masharipov qo‘lidagi qurol bilan tungi klubga kirib, 13 ta davlatdan tashrif buyurgan 39 kishini otib o‘ldirgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.