Tramp Maduroning narkotrafikdagi roli haqida bayonot berdi

Tramp Maduroning narkotrafikdagi roli haqida bayonot berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning hokimiyatini ag‘darish maqsadida amalga oshirilgan operatsiya haqida matbuot anjumani o‘tkazdi. U o‘z so‘zlarida, Maduroning Venesuela xalqini sifatsiz boshqargani va narkotrafikdagi ishtiroki haqida bayonot berdi.

Trampning aytishicha, Maduro noqonuniy diktator sifatida, AQSH xalqiga qarshi katta jinoyatlar sodir etgan va narkotik moddalari trafigini boshqargan. “Maduro r Cartel de los Soles karteliga rahbarlik qilgan va minglab amerikaliklar o‘limiga sabab bo‘lgan. Maduro hokimiyati tugadi, u endi prezident emas”, — dedi Tramp.

Shuningdek, AQSH yetakchisi Venesuela neft sanoatiga sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini va u yerdagi neft infratuzilmasini tiklash uchun yirik kompaniyalar milliardlab dollar sarflashiga ishonch bildirdi. “Biz Venesuela xalqini boy va mustaqil qilamiz. Ularni baxtli qilamiz,” — deb bayon qildi Tramp.

Bu bayonotlar AQSHning Venesuela bilan munosabatlariga yangi va sezilarli bir burilishni ko‘rsatmoqda va mamlakatning kelajagi haqidagi siyosatni aniq belgilamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.