Afg‘on oilasining uyiga granata otilishi natijasida 10 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Afg‘on oilasining uyiga granata otilishi natijasida 10 nafar tinch aholi halok bo‘ldi
Afg‘on oilasining uyiga granata otilishi natijasida 10 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Bugun, 20 fevral tun chog‘i Afg‘oniston sharqidagi Lagmon hududida portlash yuz berdi. Natijada kamida 10 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi tan jarohati olgan. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

“Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi, Badpox hududidagi Muruvatkashda istiqomat qiluvchi oilaning uyiga noma’lum kishi granata otgan”, deydi afg‘on polisiyasi noziri. Vafot etganlar orasida ayol va bolalar bo‘lgan, jarohatlanganlar shifoxona etkazildi.

Terakt tafsilotlari hali aniqlanmadi. Oddiy oila a’zolariga tajovuz qilish, aholini qo‘rqitish kimga kerak edi? Bunisi mavhumligicha qolmoqda. Tuman hokimi Abdul Jabor Nahimi portlash harakatini uyushtirgan shaxsni qidiruvga berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.