Kemerovolik biznesmen uyining garajida otib o‘ldirildi


Rossiyaning Kemerovo shahrida yashovchi 39 yoshli tadbirkor uyining garajida otib o‘ldirildi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Tergov boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, voqea kecha kechqurun Kemerovo shahrining Zavod tumanida ro‘y bergan. Biznesmen mashinasini garajga qo‘yayotganda trevoga tugmachasini bosgan. Zudlik bilan etib kelgan Rosgvardiya naryadi xodimlari garajdan boshi va bo‘ynidan o‘q egan biznesmenning jasadini topishgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, u Makarov to‘pponchasidan otib o‘ldirilgan. O‘ldirilgan tadbirkor viloyat markazida elektr tovarlarini sotish bilan shug‘ullangan. Mazkur fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













