Bola Moskva yaqinidagi dahshatli falokatda halok bo‘ldi

Moskva viloyatining Solnechnogorsk shahrida Leningrad shossesining 38-kilometrida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki yoshli bola vafot etdi. Bu haqda Moskva viloyati politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli Lada haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, Scania yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Yengil avtomobil salonida bo‘lgan bola o‘limga olib keladigan darajada tan jarohati olgan.
Uning onasi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Davlat avtomobil nazorati xodimlari hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













