Iroq Mosulda kimyoviy quroldan foydalanilgani alomatlarini aniqlanmadi

Iroq Mosulda kimyoviy quroldan foydalanilgani alomatlarini aniqlanmadi
Iroq Mosulda kimyoviy quroldan foydalanilgani alomatlarini aniqlanmadi

Iroqning BMTdagi doimiy vakili Ali al-Hakim IShID jangarilari tomonidan Mosulda kimyoviy quroldan foydalanilgani alomatlari aniqlanmaganini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

«IShID Mosulda kimyoviy quroldan foydalangani dalil-isbotlari mavjud emas», — deya ta’kidladi Iroq vakili.

Oldinroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Mosulda kimyoviy qurol qo‘llangani haqida paydo bo‘lgan xabarlardan xavotir bildirgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.