Yaponiyada fil hayvonot bog‘i xodimini xartumi bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi


Yaponiyaning Vakayama prefekturasidagi Adventure World hayvonot bog‘i fili xartumi bilan xodimni urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Tailand fuqarosi bo‘lgan shaxs sherigi bilan filni cho‘tka va shlang yordamida yuvintirayotgan bo‘lgan.
Jonivorga nimadir yoqmagan va u xartumi bilan xodimni turtib yuborgan. Xodim boshi bilan metall to‘siqqa urilib, jon berdi.
Huquq-tartibot idoralari yuz bergan hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













