Meksikada polisiya vertolyoti qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Meksikada polisiya vertolyoti qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Meksikada polisiya vertolyoti qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Mexikali shahrida polisiya vertolyoti falokatga uchrashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi Kun nashri.

Huquq-tartibot muassasalari ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot parragi bilan simga tegib ketishi oqibatida uchuvchi boshqaruvni yo‘qotgan va vertolyot erga qulab, portlab ketgan.

Ta’kidlanishicha, vertolyot mahalliy tog‘lardan biriga chiqish vaqtida yo‘qolib qolgan ayolni qidirish operasiyasini olib borayotgan bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.