Istanbul osmonida ikkita samolyotni yashin urdi


Istanbulning Otaturk aeroportida qo‘nishga shaylanayotgan ikki samolyotni yashin urdi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.
Yashin birinchi samolyotning korpusiga kelib urilganidan so‘ng, dispetcherlar bu haqda ikkinchi samolyotga xabar bergan.
Ikkinchi samolyot yashindan qochish maqsadida qo‘nishdan oldin qo‘shimcha aylanaga kirgan vaqti uni ham baribir yashin urgan.
Har ikkala samolyot muvaffaqiyatli qo‘ngan. Hodisa oqibatida yo‘lovchilarning jabrlangani haqida axborot yo‘q.
Qayd etishlaricha, Istanbulda bir necha kundan beri kuchli yog‘ingarchilik davom etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













