Insoniyat yarim asrdan so‘ng yana Oyga yo‘l oldi

Insoniyat yarim asrdan so‘ng yana Oyga yo‘l oldi

NASA 2 aprel kuni to‘rt nafar astronavtni Oy atrofidagi 10 kunlik parvozga tayyorlamoqda. Bu AQSHning so‘nggi o‘n yilliklardagi eng katta kosmik missiyasi bo‘lib, Xitoy o‘z ekipajini qo‘ndirishidan oldin insoniyatni Yer qo‘shnisiga olib chiqishda muhim qadam sanaladi.

Missiyada SLS raketasi va undagi Orion kapsulasi chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan 18:24 da (Toshkent vaqti bilan 03:24) startga tayyor ekanligi tasdiqlandi. Raketa Floridadagi Kennedi kosmik markazidan — yarim asr oldingi Apollon missiyasi maydonchasidan parvoz qiladi.

Ekipaj: NASA astronavtlari Kristina Kox, Viktor Glover, Rid Uayzmen va kanadalik Jeremi Xansen. Ular 27 martda Xyustondan Floridaga yetib kelib, parvozdan oldin ikki haftalik karantindan o‘tdi.

Insoniyat yarim asrdan so‘ng yana Oyga yo‘l oldi
Parvoz davomida astronavtlar hayotni ta’minlash tizimlari va aloqa interfeysini sinovdan o‘tkazadi, Orion kemasini qo‘lda boshqarish mashqlari ham bo‘ladi. Artemis II ekipajni Oy orbitasiga olib chiqib, 406 000 kilometr masofaga olib boradi – bu inson tarixidagi eng uzoq parvoz bo‘ladi.

SLS raketasini Boeing va Northrop Grumman, Orion kapsulasini Lockheed Martin yaratgan. Har bir parvoz 2–4 milliard dollarga tushsa-da, u AQSHning kosmosdagi ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan.

NASA bu dastur orqali Oyning janubiy qutbida uzoq muddatli bazani shakllantirishni maqsad qilgan va 2028 yilgacha Artemis IV missiyasida ilk ekipajni qo‘ndirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, SpaceX va Blue Origin ham ushbu parvoz uchun texnologiyalarini rivojlantirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.