AQSh Ummon ko‘rfazida Eron bayrog‘i ostida suzib yurgan kemani nazoratga oldi

AQSh Ummon ko‘rfazida Eron bayrog‘i ostida suzib yurgan kemani nazoratga oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy-dengiz kuchlariga qarashli USS Spruance esminesi Ummon ko‘rfazida Eron bayrog‘i ostida suzib yurgan TOUSKA yuk kemasini to‘xtatib, uni nazoratga olgani haqida xabar berildi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social platformasidagi sahifasida ma’lumot qoldirgan.

Uning bildirishicha, mazkur kema AQSh tomonidan joriy etilgan dengiz blokadasini buzishga uringan, biroq bu harakat muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Trampning yozishicha, Eron ekipaji to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan, shundan so‘ng AQSh kemasi dvigatel qismiga zarar yetkazib, uni harakatdan to‘xtatgan.

Hozirda TOUSKA kemasi AQSh dengiz piyodalari nazorati ostida ekani va uning tarkibi tekshiruvdan o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.