Misrda ilon chaqishi oqibatida sayyoh hayotdan koʻz yumdi

Misrda ilon chaqishi oqibatida sayyoh hayotdan koʻz yumdi

Misrga oila aʼzolari bilan tashrif buyurgan sayyoh Ilon chaqishi oqibatida hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.

Maʼlumotlarga koʻra, germaniyalik sayyoh aprel oyida Hurgada shahriga borgan. U mehmonxonada tashkil etilgan ilonni sehrlash namoyishida ishtirok etgan. Germaniya politsiyasi ushbu shouda ikki dona kobra qoʻllanganini maʼlum qilgan. Ular tomoshabinlarning yelkasi va boʻyniga qoʻyilgan.

“Shundan soʻng ilonlardan biri germaniyalik erkakning kiyimiga kirib ketib, uni oyogʻidan chaqqan”, deyiladi xabarda.

57 yoshli jabrlanuvchida zahar taʼsiri alomatlari kuzatilgan, u shifoxonaga olib ketilishidan oldin reanimatsiya choralari koʻrilgan. Tabiblarning barcha harakatlariga qaramay, erkakning hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmagan.

Uning shaxsi oshkor etilmagan, ammo u Unterallgoy hududidan boʻlib, ikki yaqini bilan taʼtilda boʻlgan. Germaniya politsiyasi hamda prokuraturasi ushbu holat yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda, toksikologik tahlil natijalari kutilmoqda. Misr rasmiylari esa ushbu voqeadan bexabar ekanini maʼlum qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.