AQSh va Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokara qilmoqda


Foto: Yandex
AQSH va Eron uranni boyitishga 10 yildan ortiq muddatga moratoriy qo‘yish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda CNN ma\'lum qildi.
Telekanal manbalariga ko‘ra, muhokama qilinayotgan rejada quyidagilar ko‘zda tutilgan:
- Harbiy harakatlar yakunlanganini e’lon qilish va asosiy bahsli masalalar, jumladan, Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha 30 kunlik muzokaralar davrini boshlash;
- Eronga tegishli muzlatilgan aktivlarni blokdan chiqarish va Ho‘rmuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni ta’minlash;
- Uranni boyitishga 10 yildan ortiq muddatga moratoriy qo‘yishni muhokama qilish va boyitilgan uran zaxiralarini Erondan olib chiqib ketish.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













