Filippinda 5,5 magnitudali zilzila ro‘y berdi

Filippinda 5,5 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Filippining Mindanao oroli yaqinida, Tagum shahridan 242 kilometr janubi—sharqda 5,5 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Rossiya Geofizika xizmati Oltoy-Sayan filiali ma’lum qildi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Uning epimarkazi 6,06 daraja shimoliy kenglik va 127,56 daraja sharqiy uzunlikda joylashdi.

Epimarkazdagi silkinish kuchiga ko‘ra seysmik hodisa «o‘ta kuchli» deb baholandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Filippinning mazkur hududida uchta er silkinishi sodir bo‘lgani bildirilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.