Olma bo‘lagi sabab... 25 yoshli qiz halok bo‘ldi

Olma bo‘lagi sabab... 25 yoshli qiz halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgda sodir bo‘lgan ayanchli voqea yana bir bor oddiy ehtiyotsizlik qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Tibbiy anjumanda ishtirok etayotgan 25 yoshli veterinar Liza tasodifiy holat tufayli hayotidan ayrildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u olma yeyayotgan vaqtda kimdir uni chaqirgan. Javob berishga shoshilgan qiz to‘satdan olma bo‘lagiga tiqilib qolgan va nafas yo‘llari to‘silib, klinik o‘lim holatiga tushgan.

Atrofda shifokorlar bo‘lganiga qaramay, vaziyat juda tez rivojlangan va ular nafas yo‘lini o‘z vaqtida ochib berishga ulgurmagan. Tez tibbiy yordam yetib kelib, yurak faoliyati qayta tiklangan bo‘lsa-da, miya qariyb 28 daqiqa davomida kislorodsiz qolgani aniqlangan.

Shundan so‘ng qiz bir yil davomida shifoxonada apparatlarga ulangan holda yotgan. U atrofdagilarni eshita olgan, ammo harakatlanish va gapirish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Afsuski, barcha sa’y-harakatlarga qaramay, 19 may kuni uning yuragi urishdan to‘xtagan. Bu voqea oddiy ehtiyotsizlik ham qanchalik og‘ir fojiaga sabab bo‘lishi mumkinligini yana bir bor isbotladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.