Hindistonda toshqin qurbonlari soni 400 kishidan oshdi

Hindistonning Bixar shtatida toshqin qurbonlari soni sutka davomida 153 kishidan 202 kishiga etdi. 12 milliondan ortiq kishi tabiiy ofat hududida qolmoqda. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Assam shtatida 144 kishi halok bo‘lgani, 3 mingdan oshiq qishloq suv ostida qolgani qayd etildi.
Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy boshqarmasi Bixar, Assam, G‘arbiy Bengaliya va Uttar-Pradesh shtatidagi musson yog‘inlari hafta davomida 412 kishining umriga zomin bo‘lgani haqida ma’lum qildi.
Oldinroq toshqin qurbonlari soni 350 kishidan oshgani bildirilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Assam shtatida 144 kishi halok bo‘lgani, 3 mingdan oshiq qishloq suv ostida qolgani qayd etildi.
Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy boshqarmasi Bixar, Assam, G‘arbiy Bengaliya va Uttar-Pradesh shtatidagi musson yog‘inlari hafta davomida 412 kishining umriga zomin bo‘lgani haqida ma’lum qildi.
Oldinroq toshqin qurbonlari soni 350 kishidan oshgani bildirilgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













