Tramp tvitni uchinchi harakatda xatosiz yozdi

Tramp tvitni uchinchi harakatda xatosiz yozdi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatni sog‘lomlashtirish haqida tvit yozishga urindi, ammo ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda «Meduza»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

U heal («tuzalish») so‘zining o‘rniga heel deb yozdi.
Tramp tvitni uchinchi harakatda xatosiz yozdi
Trampning tviti quyidagi ma’no kasb etishi lozim edi:

«Buyuk mamlakatimiz o‘n yil mobaynida bo‘lingan edi, endi u yana birlashadi. Ba’zan tuzalish uchun e’tirozlar kerak, va biz tuzalmoqdamiz!».

Xato bilan yozilgan birinchi tvitni davlat rahbari juda tez o‘chirdi va yarim soatdan so‘ng boshqatdan yozdi. Ammo unda heal so‘zi yana heel deb yozilgan edi. Bundan tashqari, prezident «o‘n yil» so‘zini «o‘n yillar» deb o‘zgartirdi.
Tramp tvitni uchinchi harakatda xatosiz yozdi
Olti daqiqadan so‘ng Tramp barcha xatolarini tuzatib, yangi tvit yozdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.