Afg‘oniston Rossiyadan mamlakatda tinchlik o‘rnatilishida yordam berishini so‘ramoqda…

Afg‘oniston Rossiyadan mamlakatda tinchlik o‘rnatilishida yordam berishini so‘ramoqda…
Ha, kuni kecha rasmiy Qobul Rossiyadagi o‘z elchisi orqali haqiqatan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi, dunyoda faoliyati taqiqlangan «Tolibon» va «IShID» terror guruhlarini yo‘q qilishda yaqindan ko‘mak berishini so‘ragan. Afg‘onistonning Rossiyadagi elchisi ta’kidlashicha, ular mamlakatdan Amerika va boshqa xorij qo‘shinlari olib chiqib ketilishini xohlashmoqda.

Vaholanki, o‘tgan haftada Amerika prezidenti Donald Tramp saylovoldi va’dalaridan voz kechgan holda Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqib ketilmasligi, aksincha, yana 4 ming nafar harbiy bu mamlakatga tashlanishini ma’lum qilgandi.

Rossiya tarafi hozircha elchining taklifiga nisbatan aniq bir javob aytgani yo‘q.

Manba: Hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.