Hindistonda gazli ichimlikdan tatib ko’rmoqchi bo’lgan kobra uning idishiga tiqilib qoldi

Hindistonda gazli ichimlikdan tatib ko’rmoqchi bo’lgan kobra uning idishiga tiqilib qoldi
Hindistonning Karnataka shtatida yashovchi kishilardan biri o‘rmondan unchalik uzoq bo‘lmagan yerda kobra yotganiga guvoh bo‘ladi. Suratlarga qaraganda kobra shirin ichimlik qoldig‘idan tatib ko‘rish uchun banka ichiga kirgan.

Ammo sudralib yuruvchi boshini tor teshikdan chiqara olmagan. Yo‘lovchilar banka “asira”siga yaqinlashishdan qo‘rqib, voqea joyiga mutaxassisni chaqirdilar.

Mutaxassis yetib kelganidan so‘ng bankani o‘ta ehtiyotkorlik bilan kesgan va shirin ichimliklar muhlisasi o‘z “asirlik” daqiqalari bilan xayrlashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.