Internetda Melaniya Trampning qiyofadoshi borligi haqida mish-mish tarqaldi

Internetda Melaniya Trampning qiyofadoshi borligi haqida mish-mish tarqaldi

Bir necha kun avval AQSH prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan Oq uy yonida jurnalistlarni qabul qilgan edi. Ammo yig’ilganlarni suhbat mavzusi emas, prezidentdan biroz chetroqda turgan Melaniyaning ko’rinishi o’ziga jalb qildi. Buning natijasida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida Trampning yonida Melaniyaning o’zi emas, qiyofadoshi ekanligi haqida gap-so’zlar avj oldi.
Интернетда Мелания Трампнинг қиёфадоши борлиги ҳақида миш-миш тарқалди
Melaniya suhbat davomida umuman gapirmagan, faqatgina bir necha bor boshini tasdiq ma’nosida silkitib qo’ygan holos. Uning qora ko’zoynagi ham omma e’tiboridan chetda qolmadi.

“Internet foydalanuvchilari orasida katta bahsga sabab bo’lgan suratlardan keyin tarmoqqa joylangan va Melaniyaning ko’zoynaksiz tushgan rasmi mish-mishlarning asossiz ekanligini tasdiqladi” deb yozadi horijiy saytlar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.