Kung-fu ustasi qo‘llari bilan yong‘oq chaqish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi (Video)

Kung-fu ustasi qo‘llari bilan yong‘oq chaqish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi (Video)
Xitoylik jang san’ati ustasi Li Veyszyun bir daqiqadan kamroq vaqt ichida bir qo‘li bilan 302 ta yong‘oqni chaqib, jahon rekordi o‘rnatdi. Ushbu rekord qayd qilingan video CGTN telekanalida joylashtirildi, deb yozadi Kun nashri.

Rekordchi 27 yildan beri turli jang san’ati turlari bilan shug‘ullanib keladi. Jumladan, u “temir qo‘l” texnikasini mashq qiladi. Bu texnika evaziga uning o‘ng kafti mashq qilmagan odamnikidan ancha kuchliroqdir. Li Xitoyning an’anaviy madaniyati va jang san’atini ommalashtirish maqsadida Giness rekordlar kitobiga kirishga qaror qilgan.

Avvalgi rekord bir necha hafta avval hindistonlik Prabxakar Reddi tomondan o‘rnatilgan bo‘lib, u bir daqiqa ichida 212 ta yong‘oqni chaqa olgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.