Pokistonda yuz bergan ko‘chki oqibatida 8 bola halok bo‘ldi

Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi Garday qishlog‘ida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida sakkiz bola halok bo‘ldi, yana ikki nafari jarohatlandi. Bu haqda «AR»ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea Bajor qabilalar mintaqasida sodir bo‘ldi. Hodisa yuz bergan paytda bolalar uylarini mustahkamlash uchun tuproqni yig‘ishayotgan bo‘lgan. Yetti nafar qiz va bir o‘g‘il bola halok bo‘ldi, yana ikki qiz qutqarildi. Bolalar 8 dan 10 yoshgacha bo‘lganlar.
Mahalliy rasmiy Arif Xonning qo‘shimcha qilishicha, qutqaruvchilar uzoq vaqt davomida bolalarni tuproq tagidan chiqarib olish uchun amaliyotni o‘tkazishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qayd etilishicha, voqea Bajor qabilalar mintaqasida sodir bo‘ldi. Hodisa yuz bergan paytda bolalar uylarini mustahkamlash uchun tuproqni yig‘ishayotgan bo‘lgan. Yetti nafar qiz va bir o‘g‘il bola halok bo‘ldi, yana ikki qiz qutqarildi. Bolalar 8 dan 10 yoshgacha bo‘lganlar.
Mahalliy rasmiy Arif Xonning qo‘shimcha qilishicha, qutqaruvchilar uzoq vaqt davomida bolalarni tuproq tagidan chiqarib olish uchun amaliyotni o‘tkazishgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













