Suriya armiyasi IShID egallab turgan oxirgi shahar qamalini boshladi

Suriya armiyasi Abu Kamol shahrini qamalga oldi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Ushbu shahar IShID terrorchi guruhining Suriyadagi oxirgi shahri hisoblanadi. U armiya nazoratiga o‘tsa, IShID amalda birorta shaharga egalik qilmaydi.
8 noyabr kuni qo‘shinlar shahar hududiga kira boshladi.
28 oktyabr kuni AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakillari shahar qamaliga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan edi. Koalitsiya vakili Rayan Dillonga ko‘ra, Iroqda Mosul, Suriyada Raqqa terrorchilardan tozalangandan so‘ng Abu Kamol ularning asosiy tayanch punktiga aylangan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ushbu shahar IShID terrorchi guruhining Suriyadagi oxirgi shahri hisoblanadi. U armiya nazoratiga o‘tsa, IShID amalda birorta shaharga egalik qilmaydi.
8 noyabr kuni qo‘shinlar shahar hududiga kira boshladi.
28 oktyabr kuni AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakillari shahar qamaliga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan edi. Koalitsiya vakili Rayan Dillonga ko‘ra, Iroqda Mosul, Suriyada Raqqa terrorchilardan tozalangandan so‘ng Abu Kamol ularning asosiy tayanch punktiga aylangan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













