Melaniya Tramp Oq uyda ulkan archa daraxtini yasatdi

Melaniya Tramp Oq uyda ulkan archa daraxtini yasatdi
Yangi yil bayramigacha hali bir oy vaqt bo’lsa-da AQShning birinchi xonimi tantanaga avvaldan hozirlik ko’rib qo’yishni afzal bildi. Melaniya Oq uyda o’rnatilgan archani yasatish bilan birga oshpazlarga pryanikli uy shaklidagi shirinlikni tayyorlashda ham o’z ko’magini ayamadi.

Bu haqida Melaniya Tramp o’zining Twitterdagi sahifasida ma’lum qilgan va suratlari ostiga “Oq uyda bayramga tayyorgarlik ko’ryapmiz” deb izoh qoldirgan.

Oq uy mehmonxonasiga archa daraxti bundan bir necha kun avval o’rnatilgan edi. An’anaviy marosimda Melaniya Tramp o’g’li Berron bilan ishtirok etgan, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.