Tramp amerikaliklar uchun Rojdestvo bayramiga “ulkan sovg’a” tayyorlab qo’yganini ma’lum qildi

Tramp amerikaliklar uchun Rojdestvo bayramiga “ulkan sovg’a” tayyorlab qo’yganini ma’lum qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Yuta shtatidagi chiqishi chog’ida mamlakat aholisini kelayotgan bayram bilan qutladi va tantana uchun “Ulkan sovg’a” tayyorlab qo’ygani haqida ma’lum qildi.

“Biz amerikaliklarga Rojdestvo uchun ulkan sovg’a sifatida soliq imtiyozlari haqidagi qonun loyihasini keltirib o’tishga yana bir qadamga yaqinlashdik. Rojdestvo qaytib keladi va har qachongidan kattaroq hamda yaxshiroq bo’ladi... Biz bu haqida hozir g’ururlanib gapiramiz” dedi Tramp o’z nutqida.

Eslatib o’tamiz, AQSH Kongressi senati oxirgi 30 yil ichidagi eng yirik soliq islohoti qonun loyihasini qabul qilgan edi. U Trampning saylovoldi va’dalaridan biri hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.