Rossiyada sinfdoshi tomonidan ayovsiz kaltaklangan 14 yoshli qiz olamdan ko’z yumdi

Rossiyada sinfdoshi tomonidan ayovsiz kaltaklangan 14 yoshli qiz olamdan ko’z yumdi
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida sinfdoshi tomonidan kaltaklangan 14 yoshli o’smir qiz yorug’ olamdan ko’z yumdi. Bu haqida Krasnoyarsk o’lkasi tergov komiteti boshqarmasi matbuot xizmati xabarlariga tayangan holda “Life.ru” nashri xabar tarqatgan.

“Qiz shifoxonada olamdan ko’z yumdi. Ayni paytda o’lim hodisasi sabablari aniqlanmoqda, undan so’ng esa protsessual qaror qabul qilinadi” deydi boshqarma vakili.

Eslatib o’tamiz, noyabr oyi oxirlarida mahalliy maktablarning birida tahsil oluvchi 8 sinf qizlari orasida shaxsiy sabablarga ko’ra janjal kelib chiqqan va natijada jabrlanuvchi qiz sinfdoshi tomonidan ayovsiz kaltaklangan. Janjal paytida marhuma og’ir tan jarohatlari olgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.