Qalbaki hujjatlar tayyorlab kelgan yashirin bosmaxona aniqlandi

Qalbaki hujjatlar tayyorlab kelgan yashirin bosmaxona aniqlandi
Bugun, 14 dekabr kuni, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi Moskva shahrining yettita joyida hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir natijasida, kelib chiqishi markaziy osiyolik bo‘lgan, o‘n bir nafar fuqaro qo‘lga olingan.
Qalbaki hujjatlar tayyorlab kelgan yashirin bosmaxona aniqlandi
Shuningdek, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida turli hujjatlarning blanklari, migratsiya kartochkalari, haydovchilik guvohnomalari va ishga kirish patentlarini bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan yashirin bosmaxona aniqlangan. Bularning barchasidan, hududdan kelganlarning Rossiyada yashab qolishini rasmiylashtirish uchun foydalanilgan.

11 nafar kishi, Moskva shahridagi tuman ichki ishlar bo‘linmalariga olib ketilgan. Hozirgi vaqtda ularni ma’muriy javobgarlikka tortish va keyinchalik mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Yashirin bosmaxona egalarini esa, jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.