Tojikistonda zilzila oqibatida 20ta uy zararlandi

Tojikistonda zilzila oqibatida 20ta uy zararlandi
Tojikistonda zilzila oqibatida 20ta uy zararlandi

Episentri Afg‘onistonda bo‘lgan kuchli zilzilaning Tojikistonga ta’siri oqibatida Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida joylashgan bir qancha qishloqlarga zarar keldi. Bu haqda TASS agentligi\'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha respublika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, Ishkoshim, Roshtqala, Murg‘ob va boshqa qishloqlardagi jami 20ta uyga shikast etgan. Bu qishloqlar Afg‘onistonning zilzila episentri joylashgan hududiga yondoshdir.

Jabrlanganlar haqida xabar bermadi. Eslatib o‘tamiz, kecha sodir bo‘lgan zilzila episentrida 7.5 balli silkinishlar kuzatildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.