Melaniya Tramp harbiy oilalar farzandlariga bayram sovg’alarini taqdim etdi

Melaniya Tramp harbiy oilalar farzandlariga bayram sovg’alarini taqdim etdi
AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp harbiylar oilasi farzandlariga Rojdestvo sovg’alarini taqdim etdi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuv Vashington yaqinidagi Anacostia-Bolling birlashgan harbiy bazasida bo’lib o’tgan.

“Umid qilamanki, ushbu bayram ta’tillari paytida insonlar sovg’alar emas, oila, xizmat va minnatdorlik hissi muhim ekanligini yodda tutadilar” dedi Melaniya sovg’alarni tarqatishdan avval.

Prezident rafiqasi bolalarga “Lego” hamda qizaloqlarga “Hello Kitty” yozuvi tushirilgan qutichalarni taqdim qilgan va ularga bayram tabriknomalarini chizishga ko’maklashgan.


"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.