Tadbirkor mamont skeletini o‘z ofisini bezash uchun sotib oldi

Tadbirkor mamont skeletini o‘z ofisini bezash uchun sotib oldi
16 dekabrda Fransiyaning Lion shahrida noma’lum tadbirkor mamont skeletini 548 ming yevroga sotib oldi. Bu haqda «France Press» axborot agentligiga tayanib «Kun.uz» xabar bergan.

Skelet 10 yil avval Sibirda topilgan. U Aguttes auksion uyida sotuvga qo‘yilgan.

Skelet 3,4 metr balandlikka, 5,3 metr uzunlikka ega. U yaxshi holatda bo‘lib, unda 80 foiz suyak mavjud.

Strasburglik tadbirkor kompaniyasi logotipida mamont tasviri borligi uchun bu noodatiy xaridni amalga oshirishga qaror qilgan. Tadbirkorning aytishicha, u mamont skeletini ofisi xollida joylashtirmoqchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.