Olimlar bahaybat sakkioyoqning yangi turini kashf qilishdi

Olimlar bahaybat sakkioyoqning yangi turini kashf qilishdi
Avvallari bunday turdagi ulkan sakkioyoqlar mavоud emas deya hisoblangan va ularning ikki hil mollyuska chatishuvi oqibatidagi xatolik sabab paydo bo’lgan degan tahminlar ham aytilgan.

Alyaska-Pasifik universiteti xodimlari Devid Schil va Natan Xopenberglar irsiy tadqiqotlar o’tkazib, alohida turdagi ulkan sakkizoyoqlar Tinch okeanining shimoliy qismi, Alyaska hududi va Beringa dengizida yashashini aniqladilar. Bunday mollyuskalar suvning eng sovuq va chuqur joylarini xush ko’rishadi, shu sababli ham dayverlarga hadeganda o’zlarini ko’rsataverishmaydi.

Xabarda aytilishicha, olimlar Alyaska qirg’oqlaridan tutilgan 21 dona sakkioyoqni o’rganib, ulardan 6 tasi yangi turga tegishli degan qarorga kelganlar. Tutib kelingan jonivorlarning eng kattasi esa 2,15 kg vaznga ega.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.