Erondagi tartibsizliklar natijasida halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetdi

Shu haqda Eron davlat televideniyesi rasman xabar tarqatgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularni mamlakat xavfsizlik xizmati xodimlari o‘ldirgan.
Eron xavfsizlik xizmatidagilarning aytishicha, namoyishchilar politsiya uchastkasi va harbiy bazalardan birini qo‘lga kiritishga uringan.
Biroq politsiya hamda xavfsizlik xizmati vakillari bu urinishlarni bartaraf eta olgan. Xavfli jihati shundaki, namoyish ishtirokchilarining deyarli barchasi qurollangan.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ommani tinchlanishga undarkan, bu ishda «Islom inqilobi»ni ko‘ra olmaydiganlarning, jumladan, Amerika va Saudiya Arabistoni rahbarlarining qo‘li borligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Mamlakat rahbarlari namoyishlar tugamaguncha «Instagram» va «Telegram» internet ijtimoiy tizimlarini yopib qo‘ygan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Eron xavfsizlik xizmatidagilarning aytishicha, namoyishchilar politsiya uchastkasi va harbiy bazalardan birini qo‘lga kiritishga uringan.
Biroq politsiya hamda xavfsizlik xizmati vakillari bu urinishlarni bartaraf eta olgan. Xavfli jihati shundaki, namoyish ishtirokchilarining deyarli barchasi qurollangan.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ommani tinchlanishga undarkan, bu ishda «Islom inqilobi»ni ko‘ra olmaydiganlarning, jumladan, Amerika va Saudiya Arabistoni rahbarlarining qo‘li borligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Mamlakat rahbarlari namoyishlar tugamaguncha «Instagram» va «Telegram» internet ijtimoiy tizimlarini yopib qo‘ygan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













