Dron egasi 4 yoshli bolani akulalar hujumidan qutqarib qoldi (video)

Dron egasi 4 yoshli bolani akulalar hujumidan qutqarib qoldi (video)
Bagam orollarida kichik yoshli bola va 4 ta akula ishtirokidagi video YouTube’da dekabr o‘rtalarida joylashtirilgan bo‘lsa-da, biroq dunyo ommaviy axborot vositalari unga yanvar boshidagina e’tibor qaratishdi.

Video muallifi Artyom Tkachenkoning aytishicha, u plyajda dron yordamida yon-atrofni suratga olayotganda drondan uzatilayotgan tasvirda suv chekkasida cho‘milayotgan bir bola yoniga 4 ta akula yaqinlashib kelayotganini ko‘rib qolgan. Shunda u bundan bexabar bolaga suvdan chiqishini aytib baqirgan.

YouTube’da rolik ostida qoldirilgan izohlarda bola haqiqatan ham xavf ostida qolgani borasida turli fikrlar bildirilgan va akulalar beozor enaga-akulalar ekanligiga e’tibor qaratilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.