Facebook`da Parij terakti munosabati bilan maxsus funksiya qo‘shildi


Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Parijdagi teraktdan keyin fransiyadagilar o‘zlarining tirik va xavfsiz sharoitlarda ekanini bildirishi uchun alohida funksiya joriy qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Bu orqali feysbuk foydalanuvchilari o‘zlarining ayni vaqtda xavfsiz hududda ekani haqida tanishlari hamda qarindoshlariga xabar qilishlari mumkin.
Funksiya orqali “O‘zingizni xavfsiz deb belgilash orqali tinch ekanligingizni do‘stlaringizga bildiring. Shunday qilsangiz, ularga xabar beriladi”, degan mazmundagi xabarlar yuborilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













