7 farzandli sohibjamol ona ko'rinishi internetni larzaga keltirdi

7 farzandli sohibjamol ona ko'rinishi internetni larzaga keltirdi
AQSHning Yuta shtatida istiqomat qiluvchi bu ayol shunchalar yosh va malohatli ko’rinadiki, internet olamida uning suratlari paydo bo’lgach, foydalanuvchilar ham o’z hayot tarzini o’zgartirish va yomon odatlardan voz kechish fikriga qattiq qiziqib qoldilar.

43 yoshi Jessika Enslou 7 nafar farzandning onasi, ammo qizining 23 yoshligi nishonlanayotgan tug’ilgan kun suratlariga qarab ularni ona-bola emas, opa-singillar deya o’ylash mumkin.

Garchi ayol o’z suratlarini Instagram ijtimoiy tarmog’i orqali muntazam ravishda e’lon qilib borsa ham, o’z tashqi ko’rinishi va chiroyiga bino qo’ymagan. Uning aytishicha, istalgan inson yetarlicha kuch sarf qilgan holda aynan shunday natijaga erisha oladi.
7 farzandli sohibjamol ona ko'rinishi internetni larzaga keltirdi
Jessika o’zining yoshlik sirini sog’lom turmush tarzi hamda sportda deb biladi va uning hayoti bilan qiziqqan insonlarga maslahatlar berib, sog’lom turmush tarizini targ’ib qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.