Fransiya va Germaniya o‘yinidan keyin tribunadagi muxlislar xavfdan qochib, maydonga tushib ketishdi

Futbol bo‘yicha Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini (2:0) yakunlanganidan so‘ng tribunalardagi muxlislar \"Stad de Frans\" stadioni maydoniga chiqib keldi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Ushbu o‘yin vaqtida stadion yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi. Bu xabar tufayli xavfsizlik nuqtai nazaridan chiqish darvozalari yopib qo‘yilgan va muxlislar stadiondan chiqib ketolmagan. Shundan so‘ng ular tribunalarda ham bomba o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqib, ochiq maydonga yopirilishgan.

Biroz vaqt o‘tgach, tashqaridagi vaziyat nazoratga olingan va darvozalar ochilib, odamlar stadionni tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya poytaxtida 13 noyabr kuni davomli teraktlar sodir etildi.

Teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt qurbonlari soni 150 nafardan oshgan.
Fransiya va Germaniya o‘yinidan keyin tribunadagi muxlislar xavfdan qochib, maydonga tushib ketishdi

Fransiya va Germaniya o‘yinidan keyin tribunadagi muxlislar xavfdan qochib, maydonga tushib ketishdi

Fransiya va Germaniya o‘yinidan keyin tribunadagi muxlislar xavfdan qochib, maydonga tushib ketishdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.