Parijda terrorchi-kamikadze uyushtirgan portlashdan so‘ng telefon bir erkakning hayotini saqlab qoldi


Parijda terrorchi-kamikadze uyushtirgan portlashdan so‘ng telefon bir erkakning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda “TJ”ga asoslanib “Daryo” nashri xabar bermoqda.
Silvestr ismli erkakning aytishicha, u “Stad de Frans” stadioni yaqinida turgan vaqtda qo‘lidagi Samsung Galaxy telefoni uning hayotini saqlab qolgan.
Silvestr telefonda suhbatlashayotgan vaqtda shu yaqin orada bo‘lgan terrorchi-kamikadze o‘zini portlatib yuborgan va portlovchi qurilmaning bir parchasi uning telefoni korpusiga kelib urilgan hamda erkakni jiddiy jarohat olishdan saqlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Parijda teraktlar ketma-ketligi yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shahardagi qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida 130 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Fransiyada uch kunlik umummilliy motam e’lon qilingan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













