Janubiy Koreya namoyishchilari Kim Chen In suratlarini yoqib tashlashdi

Janubiy Koreya namoyishchilari Kim Chen In suratlarini yoqib tashlashdi
Janubiy Koreya namoyishchilari Shimoliy Koreya delegatsiyasi tashrif buyurishi kerak bo’lgan Seuldagi vokzal yonida Kim Chen In suratlarini yoqib tashlashdi.

Xabarda aytilishicha, yuzaga kelgan notinchlik politsiya xodimlari tomonidan darrov bostirilgan.

Namoyish “Koreya patriotlar partiyasi” tomonidan Pxenyan delegatsiyasi tashrifiga norozilik bildirish maqsadida uyushtirildi.

Eslatib o’tamiz, sal avvalroq mamlakatlar orasida o’tkazilgan kelishuvlarga binoan 2018 yilgi o’yinlarga shimoliy koreyalik sportchilar, xonanda va ishqibozlar tashrif buyurishi rejalashtirilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.