Xitoyning ko’mir konlaridan birida portlash yuz berdi

Xitoyning ko’mir konlaridan birida portlash yuz berdi
Xitoyning shimoliy qismida joylashgan Xeyluntszyan provintsiyasidagi ko’mir konlarining birida portlash yuz berdi.

Bu haqida Sinxua agentligi ma’lumotlariga tayangan holda “Life.ru” nashri xabar tarqatgan.

Ayni paytda portlash bilan bog’liq sabablar ma’lum emas, ammo ko’chkilar tagida odamlar qolib ketgan bo’lishi mumkin. Qurbonlar va jabr ko’rganlar soni ham aniq aytilmadi. Hodisa joyida qutqaruvchi va shifokorlar xizmat ko’rsatishmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.